Bugungi kunda semizligi mavjud bo’lgan ayollarning reproduktiv muammolarini o’rganishda yangi yo’nalish sifatida melatonin gormonining gipofizning gonadotrop funksiyasi va ovariogenez jarayoniga ta’siri keng o’rganilmoqda. Bundan tashqari tuxumdonlar polikistozi sindromida yondosh kasallik sifatida qayd etiladigan semizlik va uning melatonin sekretsiyasi bilan o’zaro bog’liqligi bugungi kunda ko’pchilikni qiziqtirib kelmoqda. Mazkur maqolada yuqorida aytib o’tilgan muammoning ahamiyati haqida so’z yuritdik.
2024-09-24